Eron rasmiy Anqara taşqi siyosatidagi özgarişlarning guvohiga aylanmoqda, bu birinçi navbatda Suriyaning siyosiy kelajagiga daxldor, deb bayonot bergan Islom respublikasi Majlisi spikeri Amir Abdullohiyan.
"Ötgan 5 yil mobaynida Tehronning Anqara bilan döstona, xolis muloqoti mintaqadagi xavfsizlik borasida siyosiy va diplomatik darajada olib borildi", — degan Abdullohiyan Sputnik agentligiga bergan intervyusida.
Uning qayd etişiça, Anqara siyosatining özgarişi yaqinda mamlakat içki siyosatida yuz bergan voqealar — davlat töntarişiga uriniş oqibati bölişi mumkin.
"AQŞning qonuniy saylangan Turkiya prezidentini ağdariş böyiça rejalari amalga oşmagaç, tabiiyki, janob Erdöğan va uning hamfikr jamoasi mamlakat taşqi siyosatini qayta körib çiqişga qaror qilib, buning uçun zaruriy çoralarni kördi. Birinçi navbatda, bu Turkiyaning Suriyaga nisbatan siyosatida közga taşlanmoqda. Biroq, Anqaraning taşqi siyosatidagi keskin özgarişlarni qayd etiş uçun vaqt kerak. Işonamanki, Turkiya taşqi siyosat doktrinasiga kiritilgan özgarişlar faqat mintaqadagi tinçlik va barqarorlikka xizmat qiladi", —deb ta'kidlagan Eron parlamenti spikeri.












