Amerikaning McDonald's tamaddixonalari tarmoği 30 mlndan ortiq rezina brasletlarini savdodan qaytarib olişini e'lon qildi. Ular, Happy Meals taom töplami xarid qilinganida bolaga hadya sifatida bepul taqdim etilar edi.
Xabarlarga köra, ular terini jarohatlaşi va hatto kuydirişi mumkinligi sababli, şunday qarorga kelingan. AQŞda şu kabi brasletlardan 29 mln dona hadya qilingan bölsa, Kanadada 3,6 mln dona qöl taqinçoği tarqatilgan.
"Zudlik bilan farzandingizdagi Step-It Fitness brasletini olib, uni yaqin oradagi McDonald's restoraniga olib keling va öyinçoq, yogurt yoki olma qoqilari solingan paketçaga almaştiring", - deb ogohlantirgan kompaniya.
Ma'lum bölişiça, brasletni taqib yuriş oqibati borasida 70dan ortiq arz kelib tuşgan. Ularning barçasi Xitoyda beş xil tusda tayyorlangan bölib, bolalarning jismoniy faoliyatini kuzatişga möljallangan. Çaqirib olinayotgan partiya 9-17 avgust kunlari tayyorlangan.
Kompaniyaga köra, hozirda uşbu mahsulotlar barça restoranlardan zudlik bilan qaytarib olinmoqda.








