Golueyeda istiqomat qiluvçi maxsus effektlar mutaxassisi Julian Çekli 23 gadjyetli Betmen libosini yaratdi. Ixtiro Ginnesning Rekordlar kitobiga eng köp işlab turgan qurilmali libos sifatida kiritiladi.
Yangi konstruksiya Guinness World Records YouTube-kanalida namoyiş etildi.
Irlandiyalik ixtiroçi prototip sifatida Batman: Arkham Origin öyinidagi superqahramon siymosidan foydalandi. Çekli libosning asosi 3D-printer yordamida rezinadan olindi.
Gadjyetlar orasida itlarni ultratovuş orqali qörqituvçi qurilma, kamera, lazer körsatkiç, fonar, pufaklarni otuvçi granat, davolovçi purkagiç, şoker va boşqalar bor.








