AQŞning Reviews.org tahlil kompaniyasi ötkazgan tadqiqotga köra, inson yiliga 2,5 oyni faqat smartfonga sarflaydi. Barçamiz taxminan har 5 daqiqada telefonimizni qölga olamiz, bu esa kuniga 140 martadan oşadi. Statistik ma’lumotlar körsatişiça, 2024 yilda foydalanuvçilar ötgan yilga nisbatan 42,3 foiz köproq vaqtini ekran oldida ötkazmoqda.

Tadqiqotning asosiy xulosalari

  • 80,6 foiz odamlar uyqudan turgaç, dastlabki 10 daqiqa davomida telefonlarini tekşirib köradi;
  • 65,7 foizi hojatxonada telefondan foydalanadi;
  • 53,7 foiz foydalanuvçilar bir xonada bölsa ham, şeriklari bilan şaxsan gaplaşiş örniga ularga xabar yozadi.
  • 38,1 foizi uçraşuv paytida telefoniga qaraydi;
  • 27 foiz odam maşina haydayotganda telefoniga qarab qöyadi.

Z avlodi (zumerlar) — smartfonlarga eng qaram avlod. 13 yoşdan 28 yoşgaça bölgan yoşlar kuniga örtaça 6 soat-u 18 daqiqalarini gadjetlar bilan ötkazmoqda.

Y avlod (milleniallar, 28 yoşdan 43 yoşgaça bölganlar) ham ortda qolmayapti — bu yoş guruhidagi odamlar kuniga 6 soat 2 daqiqa smartfonlaridan köz uzmaydi. Yoşi kattaroq foydalanuvçilar (X avlodi va bumerlar) telefonlariga biroz kamroq qaraydi, ammo baribir umumiy hisobda gadjetlarga köp vaqt sarflaydi — mos ravişda 4 soat 54 daqiqa va 3 soat 18 daqiqa.

Biroq tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, milleniallar öz qurilmalariga köproq boğlanib qolgan. Bu yoş guruhi vakillari bildirişnomalarni tez-tez tekşiradi va smartfonlarini köproq qöllariga oladi (kuniga 324 martagaça).

Milleniallarning 80 foizi öz telefonlarini yöqotgandan söng xavotirga tuşişi, ularni boşqa avlodlardan alohida qilib körsatadi. Bundan taşqari, ular tez-tez smartfonlarning sönggi modellarini xarid qiladi. Taqqoslaş uçun, zumerlarning atigi 67 foizi telefonini yöqotişdan qörqadi. Bumerlar esa bu masalada kamroq taşvişlanadi — sörovda qatnaşganlarning 63 foizi şunday fikr bildirgan.

Mutaxassislarni taşvişga solayotgan narsa şuki, odamlar smartfonlardan haddan taşqari foydalanişni muammo deb hisoblamay qöyişgan. 2024 yilda odamlarning telefondan foydalaniş vaqti 42,3 foizga oşganiga qaramay, buni qaramlik deb hisoblovçilar soni ötgan yilga nisbatan 24 foizga kamaygan.