WhatsApp mesenjyeri Facebook ijtimoiy tarmoği orqali foydalanuvçilarning şaxsiy telefon raqamlarini topşirişni rejalaştirayapti, deb yozmoqda Telegraph naşri.
Ilovaning maxfiylik borasidagi yangi qoidalariga köra, WhatsApp va Facebook tarmoqlaridagi sahifalarni birinçi ulanişdayoq birlaştiriş mumkin böladi. Şu tariqa, ijtimoiy tarmoq, foydalanuvçilarning aloqalar röyxatidagi raqam egalarini döstlar röyxatiga qöşişni taklif eta boşlaydi.
«Facebook tarmoği bilan aloqani kengaytiriş vositasida aniqroq ma'lumotlarga ega bölişimiz mumkin. Bundan taşqari, odamlar ilovadan naqadar köp foydalanayotganini kuzatiş barobarida spamlarga qarşi samaraliroq kuraşa olamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.
Facebook kompaniyasi esa, telefon raqamini oşkor qilmasliklarini va raqamni foydalanuvçining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida körsatmasligini ta'kidlaşmoqda.








