Android qurilmalari uçun möljallangan Google Play ilovalar dökonidan Ozon kompaniyasiga tegişli bir neçta dastur yöqoldi. Bu haqda kompaniyaning özi 14-avgust kuni keçqurun ma’lum qildi.
Xususan, Ozon, Ozon Fresh, Ozon Seller, Ozon Job va Ozon Travel ilovalari Google Playʼda mavjud emas.
Kompaniya ma’lumotiga köra, ilovalar nima sababdan olib taşlangani hozirça aniq emas. Şu bilan birga, ular Apple App Store va Huawei AppGallery dökonlarida foydalanuvçilar uçun hali ham mavjud.
Ozon'ning Özbekistondagi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Android qurilmalari foydalanuvçilari Ozon ilovasini RuStore, AppGallery va Galaxy Store'dan yuklab olişi mumkin. Google Play'dan öçiriliş ilova işiga ta’sir körsatmagan. Kompaniya, şuningdek, Google Play qoidalarini buzmagani, Ozon marketpleysi hamda Ozon fresh, Ozon Travel, Ozon Selekt xizmatlari sanksiya ostida emasligini qöşimça qildi.
Bundan avval Google Playʼdan Ozon Bank ilovasi ham olib taşlangan edi. Bank Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.
Rossiya servislari ilovalar dökonlaridan olib taşlanmoqda
Sönggi bir neça oy davomida Rossiyaga tegişli qator raqamli servislar yirik ilovalar dökonlaridan çiqarib taşlandi.
Jumladan, iyun oyida Apple özining App Store dökonidan VKʼga tegişli qator ilovalarni olib taşlagan. Ular orasida «VKontakte», «Odnoklassniki», VK Messenger, VK Video, VK Muzyka, «Dzen» va Mail.ru kabi servislar bor.
Iyul oyida esa VKʼning şunga öxşaş ilovalari Google Playʼdan ham yöqolgan. Bu holat Yevropa Ittifoqi xolding bilan boğliq tuzilmalarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etganidan keyin kuzatilgan.
Yevropa Ittifoqi çeklovlarni izohlar ekan, boşqa omillar qatorida VKʼning Rossiyada fuqarolik jamiyati va muxolifatga bosim ötkazilişidagi rolini ham qayd etgan.
Şuningdek, Apple App Storeʼdan «Yandeks Pey» tölov servisi ham olib taşlangan. Bu qaror «Yandeks Bank»ka nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bilan izohlangan.








