Auto.ru saytida Rossiya hukumati tomonidan Rio Olimpiadasida oltin medal qölga kiritgan rossiyalik sportçilarga sovğa qilingan BMW X6 avtomobili sotuvga qöyildi. Oq rangdagi maşina 4 670 000 rublga sotilayotgani haqidagi e'lon 25 avgustda paydo böldi. 

E'londa maşina 2016 işlab çiqarilgani va bor-yöği 1 km yöl bosib ötgani aytilgan. "Maşina şaxsan Rossiya prezidenti V.V.Putin tomonidan berilgan. Rio Olimpiadasidagi ğalaba, aniqroği olimpiada oltin medali uçun!!! Maşina yangi! xDrive 3,5 benzinli, 306 ot kuçi, luxury komplektatsiyasida», deyilgan e'londa.

Maşina egasi manfaatlarini bildiruvçi sotuvçining "R-Sport" agentligiga ma'lum qilişiça, avtomobil Rossiya sinxron suziş terma jamoasi a'zolaridan biriga tegişlidir.  

Ma'lum qilinişiça, avtomobil uning egasi maşina haydaşni bilmasligi sababli sotuvga qöyilgan.

25 avgustda Kremlda olimpiyaçilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Rioda oltin medal qölga kiritgan sportçilarga BMW X6, kumuş medal sohiblariga BMW X4 va bronza medal sohiblariga BMW X3 maşinalari sovğa qilingan. Kaliningraddagi "Avtotor" zavodida yiğilgan maşinalar Rossiya olimpiyaçilarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan taqdim qilingan.

Rioda guruh bölib sinxron suzişda Natalya Işenko, Svetlana Romaşina, Aleksandra Patskeviç, Svetlana Kolesniçenko, Mariya Şuroçkina, Vlada Çigireva, Alla Şişkina, Gelena Topilina i Yelena Prokofeva oltin medal yutgandilar.