Pyongçangdagi Olimpiadada oltin medallar qölga kiritgan rossiyalik sportçilar sovğaga va'da qilingan BMW modelini olişmadi. Bu haqda Rossiya figurali uçiş federatsiyasi prezidenti Aleksandr Gorşkov ma'lum qildi.    

Ma'lum qilinişiça, rossiyalik Olimpiya çempionlariga BMW X6, kumuş medallar sohiblariga X5 va bronza medallar sohiblariga X4 modellari berilişi rejalaştirilgan bölgan.

“Aslida ular X5 va X4 oldilar. X6’ni körmadim”, deb aytgan Gorşkov.

Olimpiadada ayollar örtasida figurali uçiş böyiça oltin medalni qölga kiritgan Alina Zagitova ham BMW X5 maşinasi kalitini olganini tasdiqlagan.

Olimpiadada medallar qölga kiritgan rossiyalik sportçilarga maşinalar beriş an'anasi 2006 yilda boşlangan. 2016 yilgi yozgi Olimpiadadan keyin çempionlarga BMW X6, kumuş medalçilarga X4 va bronza medalçilarga X3 maşinalari berilgan. Soçidagi Olimpiada sovrindorlariga GL, ML va GLK modelidagi Mercedes yöltanlamaslari sovğa qilingan. Olimpiada sovrindorlari şuningdek federal hukumatdan pul mukofotlari oladilar. Uning qiymati 4 mln rublgaça yetadi. 

Pyongçangdagi Olimpiadada Rossiya terma jamoasi 17 ta: 2 ta oltin, 6 ta kumuş va 9 ta bronza medal qölga kiritdi. Olimpiadada Rossiya xokkey jamoasi ğalabasi hisobga olingan holda, hammasi bölib 46 sportçiga maşinalar taqdim qilindi.