Boks böyiça Rossiya terma jamoasi a'zosi Mişa Aloyan Rio-2016 Olimpiadasida qölga kiritgan kumuş medalidan mahrum bölişi mumkin. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.

Fancy Bears xakerlik guruhi tomonidan Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Olimpiadada doping aniqlangan sportçilar röyxatiga köra, qora röyxatda Aloyan ham bölgan.

Mişa 21 avgust kuni doping-test topşirgandi. Uning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Boksçining murabbiyi Mişa şamollab qolgani uçun bu preparatni qabul qilganini aytmoqda.

Eslatib ötamiz, Mişa Aloyan Rio Olimpiadasining final jangida hamyurtimiz Şahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy berib qöygan edi.