Birinçi töliq elektrlaşgan Volkswagen avtomobili joriy yilda, Parijda ötadigan avtosalonda namoyiş etiladi. Bu haqda kompaniya boşqaruvi vakili Gerbert Diss WirstschaftWoche jurnaliga bergan intervyusida gapirib ötgan.

Uning sözlariga köra, Volkswagen elektromobili hajm jihatidan Golf modeliga öxşab ketadi. Uning saloni esa klassik Passat modelini eslatib yuboradi. Germaniya kompaniyasining uşbu yangiligi 2018 yilning oxiri, 2019 yilning boşida işlab çiqarilişi kutilmoqda.

Dissning sözlariga köra, elektrokarning eng asosiy jihati şundaki, u tez quvvatlanadi. Ta'kidlanişiça, avtomobil 15 daqiqa içida töliq quvvatlanadi va ana şu quvvat bilan 500 km masofa yura oladi. Taqqoslaş uçun: Tesla elektromobili 80 foizli quvvatga 45 daqiqada erişadi.

Şu sabab Volkswagen’ning erişgan yutuği hayratlanarli. Muammo şundaki, barça stansiyalar ham 800 voltli quvvat bilan tez ta'minlay oliş imkoniyatiga ega emas. Bu esa nemis avtokompaniyasi uçun zarur bölgan omillardan biridir.