Yer yuzidagi eng yoşi uluğ inson 145 yoşli Mbax Goto Yava orolida yaşaşi ma'lum böldi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. 

Mbax Gotoning sözlariga köra, u 1870 yilning 31 dekabrida tavallud topgan, lekin buni tasdiqlovçi heç qanday hujjatlari yöq. 

Manbaga köra, Mbox Goto 4 nafar ayolini va barça farzandlarini sönggi manzilga kuzatgan, hozir esa nevaralari hamda evaralari bilan birga yaşaydi. 

Mahalliy hukumat Gotoning "tuğilgan sanasi" satriga 31.12.1870, deb yozgan bölsa-da, ilmiy jamiyat bu yangilikni işonqiramay qabul qildi. 

Bugungi kunga kelib, rasman eng uzoq umr körgan rekordçi 122 yil va 5 oy yaşagan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi.