Vatanimiz mustaqilligining yigirma beş yilligi arafasida nurotalik Huroy momo Ergaşevaning xonadoni har qaçongidan ham gavjum. Prezidentimizning joriy yil 24 avgustdagi farmoniga muvofiq “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan 104 yoşli Huroy momoni mustaqillik bayrami bilan tabriklaş va davlatimizning yuksak mukofotini topşiriş uçun Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov bir guruh faollar hamrohligida uşbu xonadonga keldi. 

 Yoşi 104 da bölsa-da, momo tetik, bardam, fikri teran. Gurunglarda bugungi farovon kunlar şukronasi, tinçligimizning qadriga yetiş, uni asrab-avaylaş zarurligi haqida sözlaydi.

 Ikki öğil, ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan momo bugun 18 nevara, 22 çevara ardoğida yaşamoqda.

 – Eh-he, qança-qança odamlar bugungidek farovon va tökin kunlarni orzu qilib ötib ketdi. Yoşligimizda mabodo birov hali şunday-şunday kunlarda yaşaysan, desa, men ham işonmasdim, – deydi Huroy momo. – Yaratganga şukr, mustaqillik şarofati va Yurtboşimizning oqilona siyosati tufayli şu kunlarga yetdik. Bolalaru nevara-çevaralarning tökin, baxtli hayotidan göyo yaşarib ketaman. Yutuğidan sevinaman, könglim toğdek kötariladi. Biz körgan qora kunlar ularning boşiga tuşmasligini Yaratgandan sörayman. Davlatimiz rahbari bunday yuksak mukofot bilan taqdirlaganidan xursand böldim. Biz, keksalarga körsatayotgan ulkan e'tibori va ğamxörligidan minnatdormiz. Yurtimiz doimo tinç, hayotimiz tökin-soçin bölsin.