Alloh taolo Fajr surasining ilk oyatlarini “Tongga qasam! Va Ön keçaga qasam!” – deya uluğvorlikka dalolat qiluvçi mavhum (nakra) siyğa bilan nihoyatda qadri baland bölgan ön keçaga qasamyod qiliş bilan boşlagan. Mazkur ön keçaning qaysi keçalar ekanligi haqida mufassirlar ikki xil fikr bildirganlar. Birinçisi, ramazon oyining oxirgi ön keçasi bölsa, ikkinçi qavlga köra, bu keçalardan murod zulhijja oyining avvalgi ön keçasidir. Bu örinda keça deyilar ekan faqat tunlar emas, balki, kunduz kunlar ham tuşuniladi.

Bu kunlarda uluğ ibodatlar amalga oşiriladi. Haj ibodatining özagi bölgan Arafada vuquf qiliş ham aynan mana şu kunlarning içidadirki, u kunda Alloh taolo bandalari uçun şaytonni ğamga botiradigan darajada behisob rahmat va mağfiratlarini in'om qiladi. Şayton alayhilla'na Arafa kunida körayotgan narsalaridan, xususan maloikalar va Allohning rahmatlari möminlar ustiga yoğilişidan qattiq ğamga botadi. U heç qaysi kunda u kundagidek haqir va mağlub bölib körinmaydi.

Mazkur ön kun mobaynida haj va umra amallari ado etiladi. Şu boisdan ham, bu kunlar alohida qasam bilan tilga olinişga loyiq bölgan. Bir qator hadisi şariflarda zulhijjaning ön kuni fazilati bayon qilingan. Jumladan Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi şarifda şunday marhamat qilinadi: “Solih amal uşbu ön kun, ya'ni zulhijjaning avvalgi ön kunidagidan ham köra Allohga mahbubroq bölgan biron-bir kun yöq” (Imom Buxoriy rivoyati, 969-hadis).

Uşbu hadisi şarif öz mazmuniga köra zulhijja oyining avvalgi ön kunligida solih amallar va nafl ibodatlar qiliş nihoyatda fazilatli ekanligiga dalolat qiladi. Nafl röza ham albatta solih amallar sirasiga kiradi, balki, u solih amallarning muqaddimasida turadi. Şu bois ham ulamolar mazkur kunlarda boşqa nafl ibodatlar bilan bir qatorda röza tutişni ham mustahab amallardan hisoblaganlar.

Hunayda ibn Xolid öz ayolidan, uning ayoli esa payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalaridan rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zulhijja oyining avvalgi töqqiz kunida, Oşuro kunida va har oydan uç kunda – oyning avvalgi duşanbasi bilan ikki payşanbasida – röza tutardilar” (Imom Ahmad, 21829-hadis va Abu Dovud rivoyatlari, 2437-hadis).

Garçi birinçi hadisning zohiridan zulhijja oyining ön kunida röza tutişlik tuşunilsa ham, aslida töqqiz kun röza tutiladi. Çunki, öninçi kuni hayit bölib, röza tutişlik harom böladi. Bunga ikkinçi hadisning mazmuni hamda Abu Said al-Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis ham dalolat qiladi.