Yevropa Ittifoqi eksperti Igor Vasilevskiy Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Bugun prezident Islom Abduğaniyeviç Karimovning tösatdan vafot etgani töğrisidagi qayğuli xabarni eşitib, özbek xalqiga özimning çuqur hamdardligimni bildirişni ixtiyor qildim.
Yevropa Ittifoqi texnikaviy kömak körsatiş dasturining eksperti sifatidagi xizmat safarim çoğida respublika rahbari bilan uçraşiş hamda uning sifatlarini munosib baholaş imkoniyatiga ega bölgan edim.
Hammaga ayonki, Özbekiston buyuk insondan judo böldi, men bu yöqotiş tufayli mamlakatga sabr va özining yorqin kelajagini quriş yölini davom ettirişini tilayman», deya uning sözlarini keltiradi Jahon AA.
Xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, işbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta'ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta'ziyanomalarda uşbu qayğuli damlarda Özbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga çuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan.
Quyidagilar öz ta'ziyanomalarini yöllagan:
BMT Boş kotibi – Pan Gi Mun
Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti – Barak Obama
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – Vladimir Putin
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev
Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri – Sergey Lavrov
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Tszinpin
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri – Li Ketsyan
Xitoy Xalq Respublikasi taşqi işlar vaziri – Van I
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev
Qozoğiston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi – Nurlan Nigmatulin
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov











