Virtual reallik közoynaklari işlab çiqaruvçi Oculus kompaniyasi, mijozlarning soğliğiga qayğurgani bois, Gear VR moslamalarini qöllamaslikni tavsiya qilmoqda.
Samsung kompaniyasi bilan Gear VR virtual reallik qurilmasini işlab çiqişda hamkorlik qilgan Oculus VR hodimlari Galaxy Note 7 fabletlari egalarini, hozirça öz uskunalarida virtual reallik maydoniga kirmaslikni iltimos qilgan, deb yozmoqda
GSMArena.
Kompaniya vakillarining sözlariga köra, Galaxy Note 7 fabletini VR bilan birga qöllaş inson hayoti va soğliği uçun tahlikali, çunki ular foydalanuvçi yuzidan bir neça santimetrd portlab ketişi mumkin.
"Sizning xavfsizligingiz bizning ustuvor maqsadimizdir", — degan işlab çiqaruvçi mijozlarga yöllagan maktubida.
Eslatib ötamiz, sentabr oyi boşida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarib olişini e'lon qildi. Bunga, önlab smartfonlarining quvvatlanayotgan vaqtda yonib yoki portlab ketgani sabab bölgan.

















