Credit Suisse Group AG, Daishin Securities Co. va Pelham Smithers Associates tahlilçilarining baholariga köra, sönggi smartfonni qaytarib oliş dasturi Samsunğga taxminan 1 milliard dollarga tuşadi. Kompaniya xodimi moliyaviy asoratlar haqidagi savolga javob berayotib, gap “yurakni örtovçi” summa haqida ketayotganini aytdi. 

2016 yil natijalariga köra, Samsung 20,6 milliard dollar miqdoridagi sof daromadni prognozlaştirmoqda. 1 milliard dollar – bu summaning 5 foizdan kamroği, deb yozadi Bloomberg. Şuningdek agentlik smartfonlarni qaytarib oliş böyiça xarajatlarning ma'lum bir qismini akkumulyatorlar işlab çiqaruvçilari tölaşini taxmin qilmoqda. 

Singapur Milliy universiteti professori Çang Si Jinning sözlariga köra, mazkur vaziyatda moliyaviy yöqotişlarga nisbatan kompaniyaning obrösiga köproq putur yetadi. 

AQŞda Galaxy Note 7 sotuvlari 16 avgustdan yölga qöyilgan. Samsung 7 sentabrda yangi iPhone versiyasini taqdim etadigan Apple oldida vaqtdan yutdi, xolos. “Endi bu ustunlik yöqqa çiqdi”, - dedi Singapurdagi IDC tahlilçisi Brayan Ma. 

Eslatib ötamiz, Samsung 2016 yilning 2 sentabrida butun dunyo böylab Galaxy Note 7 qurilmalarining sotuvini töxtatiş haqida e'lon qilgandi. Qaytariş dasturi akkumulyatorlarni quvvatlaş vaqtidagi portlaşlar tufayli yölga qöyilgandi. Içki tekşiruv davomida kompaniya 35ta ana şunday holat bilan töqnaşdi.