Sloveniya prezidenti Borut Paxor Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etdi. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar bergan.

«Biz Sloveniyaning dösti, Sloveniya—Özbekiston munosabatlari mustahkamlanişiga muhim hissa qöşgan rahbar sifatida prezident Islom Karimov haqidagi xotirani asrab qolamiz», — deyiladi Paxorning ta'ziyanomasida.

«Sloveniya prezidenti uşbu oğir damlarda Özbekiston xalqiga özining samimiy hamdardliklarini yölladi», — deyiladi xabarda.