Twitter direktorlar kengaşi 8 sentabr kuni kompaniyani töla yoki alohida bölimlarini (Vine va MoPub) sotiş masalasini muhokama qilişadi. Bu haqda öz manbasiga tayangan holda Recode xabar yozgan.
Naşrning yozişiça, joriy yilda Square rahbari va Twitter asosçisi Jyek Dorsining kompaniya direktorlar kengaşiga boş bölişi kompaniyadagi vaziyatni yaxşilamadi.
"Ba'zi harakatlar amalga oşirildi, masalan, töğridan-töğri transyatsiyalar ommalaşdi. Lekin komaniya muammolari hal qilinmadi. Masalan, foydalanuvçilarning bir-birini haqorat qilişiga qarşi kuraş juda sust", deyiladi naşr xabarida.
Twitter rahbariyati vakili, sobiq rahbar, ayni vaqtdagi eng yirik aksionerlardan biri Evan Uilyams avgust oyidayoq kompaniya sotilişiga işora qilgandi.
Şunga qaramasdan vaziyatdan çiqişning boşqa yöllari ham bor. Masalan, loyiha aksionerlari, Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer hamda Saudiya Arabistoni şahzodasi Alvolid bin Talal kompaniyadagi uluşlarini köpaytirmoqçiligi va qöşimça investitsiya kiritmoqçiligi haqida xabarlar berilgandi. Lekin bu hali röy bermadi.
Şuningdek, Vine va MoPub loyihalari sotilişi va bu Twitter faoliyatiga ta'sir körsatmasligi mumkin.
Recode kompaniyaning bahosi 18 mlrd dollardan yuqori bölişini taxmin qilgan. Lekin kompaniya har çorakni zarar bilan yakunlamoqda va bu narxning pasayişiga olib kelişi mumkin.
2016 yili TechCrunch tahlilçilari kompaniyani xarid qilişi mumkin bölganlarning röyxatini tuzib çiqqandi. Bu röyxatda Google va Microsoft imkoniyatlari yuqori baholangan.








