AQŞning Şimoliy Dakota sudyasi AQŞ prezidenti lavozimiga Yaşillar partiyasidan nomzod Jill Staynning hibsga olinişiga order berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Stayn Dakota Access quvuri qurilişiga norozilik bildiriş tadbirida quriliş texnikasiga purkagiç bilan böyoq sepganlikda ayblanmoqda.
Iş materiallariga köra, Stayn "bezorilik" va "birovning mulkiga ziyon yetkaziş" moddalari böyiça ayblanmoqda. Xuddi şunday ayblovlar uning şerigi Ajam Barakka ham qöyilgan.
Ekolog faollar Staynni norozilik joyida yozuv qoldiriş uçun çaqirtirişgandi. U böyoq bilan buldozer çömiçida "Men bu pozitsiyaga roziman" degan yozuv qoldirgan.
Bu yerda yaşovçi siu qabilasi hindulari tört ştat orqali ötuvçi quvurning qurilişini töxtatişga harakat qilmoqda. Qabila sardorlari quvur muqaddas joylarni tahqirlaydi va suvni ifloslantiradi, deb hisoblamoqdalar.
2012 yil 16 otyabrda Stayn Demokratik partiyadan ikkinçi muddatga nomzodini qöygan AQŞ prezidenti Barak Obama va uning raqibi Mitt Romnining debatlariga kirişga urinişda hibsga olingandi.
AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari 8 noyabrda ötadi. AQŞ prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton hisoblanmoqda. Ulardan taşqari, saylov kampaniyasida Stayn va Geri Jonson ham iştirok etmoqda.








