8 noyabrda bölib ötgan AQŞ prezidenti saylovi natijalari zudlik bilan tan olinişi kerak. Saylovda ğolib bölgan Donald Tramp saylovda "yaşillar" patiyasidan iştirok etgan Jill Staynning Viskonsin ştatida ovozlarni qayta hisoblaş talabiga şunday izoh berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Xalq öz tanlovini qilib böldi, saylovlar yakunlandi. Xillari Klintonning özi saylovlardan keyingi tunda mağlubiyatini tan olib, meni tabriklab şunday degan: "Biz natijani tan olişimiz va söngra kelajakka boqişimiz kerak", deyilgan Trampning yozma bayonotida.
AQŞning 45-prezidenti bölgan Trampning fikriça, saylov natijalarini özgartirişga uriniş bu boylik orttiriş maqsadida amalga oşirilayotgan qalloblikdir. Trampning fikriça, Stayn şu yöl bilan "öz kissasini pulga töldirib olmoqçi, u baribir bu pulning katta qismini bu bema'ni qayta hisoblaşga işlatmaydi".
Avvalroq Stayn bu qayta hisoblaşlarni ötkaziş uçun mablağ yiğişni amalga oşirgandi.








