Amerikaning Viskonsin ştati saylov komissiyasi AQŞ prezidentligi uçun bölib ötgan saylovlardagi byulletenlarni qayta sanaşga rozilik bildirdi. Yaşillar partiyasi vakili Jill Stayn şunday talab bilan murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xabarlarga köra, kelasi hafta sönggida 3 mln byulletenni sanaş işlari boşlanadi. Buning uçun Stayn 1,1 million dollarga yaqin pul tölaydi. 

Bundan taşqari, Stayn talabiga köra, Miçigan va Pensilvaniya ştatidagi ovoz beriş varaqalari ham qayta sanalişi mumkin. Stayn şu maqsadda 7 mln dollar mablağ töplaşga harakat qilişini, şu paytgaça 5 mln dollar töplay olganini ta'kidlagan. 

Prezidentlik saylovida bir foizdan köproq ovoz töplay olgan Staynning aytişiça, uning maqsadi Tramp ğalabasini bekor qildiriş emas, balki AQŞ saylov tizimining haqqoniyligini tekşirişdan iborat.