Qozoğiston boş vaziri Karim Masimov öz lavozimidan ozod etildi va Qozoğiston Milliy xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
"Masimov Karim Kajimkanoviç Qozoğiston respublikasi boş vaziri lavozimidan ozod etilib, Qozoğiston respublikasi Milliy xavfsizlik qömitasiga rahbar etib tayinlansin", deyilgan xabarda.
Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolangan qarorda Qozoğiston hukumati Vazirlar Mahkamasining yangi kabineti tuzilguniga qadar öz vazifasini bajarişda davom etişi aytilgan.
Boş vazir lavozimini vaqtinçalikka boş vazir örinbosari Bakitjan Sagintayev bajaradi.








