Qozoğiston boş vaziri Karim Masimov 9 sentabr kuni iste'foga çiqişi kutilmoqda. Bu haqda  IA Novosti-Kazaxstan naşri vaziyat bilan taniş bölgan manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

"Hukumat iste'fo berişi kutilmoqda. Karim Masimov 9 sentabr kungi yiğilişda iste'fosini ma'lum qilişi mumkin", degan manba.

Masimov birinçi marta 2007 yilda Vazirlar Mahkamasiga rahbar bölgan va bu lavozimda 2012 yilgaça işlagandi.

U 2012 yildan 2014 yilgaça Qozoğiston prezidenti ma'muriyatini boşqargan, 2014 yilning aprelida ikkinçi marta mamlakat boş vaziriga aylangandi.

9 sentabr kuni Qozoğistonda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev iştirokida hukumatning kengaytirilgan majlisi bölib ötadi.