Ğarbiy Alplarda Monblan toğ massivi böylab ötuvçi osma yölning tomoşa kabinkalarida 110 kişi qolib ketdi, deb xabar berilmoqda hudud içki işlar vazirligi saytida.

Ma'lum qilinişiça, voqea osma yöldagi texnik muammolar sababli yuz bergan. Odamlar dengiz sathidan 3 ming metrdan ortiqroq balandlikda qolib ketganlar.

Frantsuz va italyan qutqaruvçilari kabinkalarda qolib ketgan odamlarni evakuatsiya qiliş uçun çoralar körmoqdalar. Ta'kidlanişiça, qoronğu tuşgunça 65 kişi vertolyotlarda evakuatsiya qilingan. Qutqaruv operatsiyasi ob-havo şaroiti tufayli vaqtinçalik töxtatildi. Qolgan 50 kişi tonggaça kabinkalarda qolişlariga töğri kelgan.