Futzal böyiça Özbekiston terma jamoasi Kolumbiyaning Kali şahrida Jahon çempionatiga tayyorgarlik körmoqda. Terma jamoa Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida birinçi rasmiy maşğulotini ötkazdi. Maşğulotdan söng boş murabbiy Xose Mariya Mendez va jamoa sardori Artur Yunusovlar birinçi tur öyinidan oldingi matbuot anjumanida iştirok etişdi.
A.Yunusov: "Birinçi maqsadimiz - guruhdan keyingi bosqiçga çiqiş. Uşbu maqsadga erişiş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solamiz".
X.M.Mendez: "Bizni autsayderlar qatorida körişmoqda, ammo bu narsa bizga qöl kelişi mumkin. Guruhimiz kuçli, lekin biz barçaga "syurpriz" taqdim etmoqçimiz.
Muvaffaqiyatli iştirok, Özbekistonda futzalni yanada rivojlanişiga turtki beradi. Men şogirdlarimga işonaman.
Panama kuçli jamoa, ammo birinçi öyin juda muhim axamiyatga ega. Ğalaba biz tomonda böladi deb umid qilaman".
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi birinçi turni Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida Panamaga qarşi ötkazişadi. Uçraşuv mahalliy vaqt bilan 10 sentabr kuni 18:00 (Toşkent vaqti bilan 11 sentabr 04:00)da boşlanadi.









