Jamiyat | 14:43 / 09.09.2016
4315
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada bolalar ombudsmeni o‘zgardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anna Kuznetsovani bolalar ombudsmeni sifatida tayinlash haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatgan.

Kuznetsova «Pokrov» nomli bolalar, onalar va muhtojlarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya jamg‘armasini boshqarib kelayotgandi.

Peskov shuningdek prezident Kremlda Kuznetsova bilan suhbat o‘tkazgani haqida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq Putin Pavel Astaxovni bolalar ombudsmeni lavozimidan iste'foga chiqargani ma'lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyulda Rossiyaning Kareliya Respublikasida joylashgan oromgohda dam olayotgan 47 bola va to‘rt nafar yoshi katta kuzatuvchidan iborat guruh Syamozero ko‘lidan kechib o‘tayotgan paytda po‘rtana boshlangani va buning oqibatida 15 nafar bola cho‘kib ketgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid