Bişkek şahar sudi, Qirğiziston hukumati apparatining xalqaro hamkorlik bölimi sobiq boşliği Altinbek Muraliyevni lavozimini suiiste'mol qiliş va davlatga xiyonatda aybdor deb topib, unga 22 yillik qamoq jazosi tayinladi.
"Sud majlisi yopiq tartibda ötkazildi. Bişkek sudi kollegiyasi birinçi instansiya qarorini yanada kuçaytirib, davlat ayblovi talabini qanoatlantirgan", - deya xabar qilgan Qirğiziston Oliy sudi matbuot kotibi Aynura Toktoşeva "Interfaks" agentligiga.
"Ayblanuvçi 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning mol-mulki musodara qilinadi, hukmni kuçaytirilgan tartibli koloniyada ötkazadi", - deya oydinlik kiritgan Toktoşeva.
18 may kuni Bişkek şahrining Pervomayskiy tumani sudi Muraliyevga “davlatga xiyonat” jinoyatini sodir etganligi uçun 18 yil qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilişni tayinlagan edi.
Muraliyev davlat xizmatiga oid sirlarni xorijiy taşkilotlarga berganlikda ayblanib, 2014 yil noyabrida qölga olingan edi.












