RF IIV Korrupsiyaga qarşi «T» boşqarmasi rahbari örinbosari Dmitriy Zaxarçenko pora oliş böyiça unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni inkor etmoqda, deb xabar qilgan RIA «Novosti».
«Bu mening pullarim emas. Nazariy va amaliy jihatdan bu pullarning menga umuman aloqasi yöq. Men bu xonadonda bölmaganman. Pora olmaganman. Pullarni qölimga ham uşlaganim yöq», — degan polkovnik.
Zaxarçenkoning sözlariga köra, pora haqida söz ketganini ««kesatiq», hazil sifatida qabul qiliş kerak».
«Ayblovlarning barçasini tuşunmayapman. Aybimni isbotlovçi dalillar yöq», — deya ta'kidlagan Zaxarçenko.
U, şuningdek, uy qamoği töğrisida qaror çiqarişni iltimos qilgan. Zaxarçenkoning aytişiça, u bu muddatni ayol qarindoşining uyida ötkazadi. «Öşa xonadonda hammayoqqa, hatto hojatxonaga ham kamera örnatilgan», - deb ta'kidlagan ayblanuvçi.








