Işlab çiqariş texnologiyasini takomillaştiriş va mahsulotlarning ta'mini yaxşilaş uçun oziq-ovqat sanoatida maxsus ozuqaviy qöşimçalardan foydalaniladi. Bunday qöşimçalar odatda zararsiz böladi, ammo ularning orasida inson salomatligi uçun xavf tuğdiradiganlari ham bor. Bu haqida Health.ua ekspertlarining işonçi komil: har doim tetik va yaxşi kayfiyatda böliş uçun ba'zi mahsulotlar haqida unutganingiz ma'qul. 

Ziravorlar

Aksariyat ziravorlar ta'm, rang va hidni kuçaytiruvçi ozuqaviy qöşimçalarga ega. Şuni ta'kidlaş joizki, ta'mni kuçaytiruvçi ziravorlar ilgari juda maşhur bölgan, bugungi kunda esa uy bekalari köproq tabiiy ziravorlarni tanlaşmoqda. 

Kolbasa mahsulotlari

Zamonaviy kolbasa mahsulotlarida maza va hidni yaxşilovçi ozuqaviy qöşimçalar köp. Agar kolbasa va sosiskadan voz keça olmasangiz, u holda işlab çiqaruvçining mahsulot haqidagi qoğozi bilan yaxşilab tanişib çiqing. Qimmatroq bölsa-da, sifatli göşt mahsulotlarini iste'mol qilganingiz maqsadga muvofiq.

Quvvatbaxş içimliklar

Quvvatbaxş (energetik) va spirtli içimliklarning heç qanday foydali tomoni yöq, faqat - 20taça Ye-raqamlar, xolos.

Marmelad

Marmelad tayyorlaşda sun'iy ranglar qöllanilişi ekspertlar tomonidan doim ta'kidlab kelinadi. Ye-raqamlar şirinliklarning taşqi körinişini körkamlaştiradi, biroq iste'molçilarning salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi. 

Eritilgan pişloq

Ozuqaviy qöşimçalar qöşilgan mahsulotlar içida eritilgan pişloq - zamonaviy supermarketlarning "yetakçilar"idan biri: taxminan 15ta ozuqaviy qöşimça!

Çipslar va ta'mli qotgan nonçalar

Parhezşunoslar çips va ta'mli qotgan nonçalar(suxari)ning zarari haqida doim gapirişadi. Bunday mahsulotlarda Ye-raqamlar miqdori öndan ortiq bölişi mumkin.