AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi milliarder Donald Tramp saylovçilar bilan uçraşuvida aytişiça, uning saylovdagi raqibi demokrat Hillari Klinton odam öldirib ham odil sudlov ta'qibidan qutilib qola oladi, deb xabar qilmoqda CNN.

«U (Hillari Klinton)ning himoyasi juda kuçli. U hoziroq minbarga çiqib, 20 ming kişining köz öngida istagan insonni otişi mumkin. Marhumning töğri yuragidan otsa ham unga heç narsa bölmaydi, tuşunarlimi?» — degan Tramp, qöli bilan otgandek işora qilar ekan. 

Respublikaçi nomzod FQB tomonidan Klintonning maxfiy ma'lumotlarni jönatişda xususiy poçta serveridan foydalanganiga oid tergov işlari borasida fikrini şu tarzda izhor qilgan. Uzoq davom etgan suriştiruv işlari natijasiga köra, mamlakat hukumati Klintonga ayblov e'lon qilmaslikka qaror qilgan. 

Ta'kidlanişiça, Trampning Klinton haqidagi bu sözlari avvaldan tayyorlangan matnda bölmagan. 

Avvalroq, Respublikaçi nomzod Klintonning muvaffaqiyatsiz taşqi siyosati, KXDRning yadro sinovlarini boşlaşiga imkon berganini aytgandi.