Turkiya şarqida joylaşgan Van şahri hududida kuçli portlaş röy berişi oqibatida kamida 11 kişi jarohatlangan. Bu haqda SNN Turk xabar qildi.

Portlovçi moddalar örnatilgan avtomobil viloyat hokimiyati binosi yaqinida portlatilgan. Portlaş röy bergan hududdagi binolarning derazalari tökilib tuşgan. Hududdagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi binosi ham portlaşdan zarar körgan.

Hozirça portlaş uçun javobgarlikni heç qaysi taşkilot zimmasiga olmadi. Lekin bu hudud Kurdiston işçilar partiyasi faol harakat qiladigan hudud hisoblanadi.