Yaponiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Akio Kavato Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov haqida xotirlab, Kommersant.ru naşriga intervyu berdi. 

"Men Islom Karimov bilan oxirgi marta 2004 yilning avgustida körişgandim, öşanda Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi lavozimini tark etib, vatanimga yöl olayotgandim. Şu munosabat bilan prezident qarorgohida rasmiy tadbir ötayotgandi, men Yaponiya taşqi işlar vaziri Ioriko Kavaguti xonimga muzokaralarda hamrohlik qilgandim. Öşanda bir voqea yodimda qolgan: Yaponiya delegatsiyasi uçraşuvni yakunlab, Özbekiston rahbari bilan xayrlaşayotganda bexosdan qölimdagi qoğoz tuşib ketdi. Bundan xijolat bölib, endi qoğozni kötarmoqçi bölganimda Ğarbda "şafqatsiz mustabid" deb ataluvçi prezident Karimovning özi engaşib qoğozni oldi-da, jimgina menga uzatdi. Nahotki, diktator elçi oldida ana şunday qilsa?! Men uning olijanobligini his qilgandim va heç qaçon u haqida yomon gapirmadim", - deydi sobiq elçi. 

Akio Kavata özbek xalqining kattalarni hurmat qiliş borasida yaponlarga öxşab ketişini ta'kidladi, lekin Özbekistonda an'analarga sodiqlik ulardan-da kuçli ekanligini tan oldi.

"Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi lavozimiga kirişar ekanman, mamlakat prezidentiga imperatorimiz tomonidan tasdiqlangan işonç yorliğini topşira turib, barça rasmiyatçilik bilan boğliq vazifalarimni tugalladim va bir qaraşda kiçik xatoga yöl qöydim - qölimni çöntagimga soldim. Şu payt Karimovning nigohi menga qadalgani va bu unga yoqmaganini sezdim. Bu menga berilgan birinçi saboq edi: rahbar uçun rasmiyatçilik - quruq söz emas, u heç narsani e'tibordan çetda qoldirmasdi, bunga köp marta guvoh bölganman", - deya xotirlaydi Akio Kavata.

"Öşa paytlar men yangi temir yöl liniyasi qurilişiga alohida e'tibor qaratgan edim, bu temir yöl mamlakatning şimoliy va janubiy tomonlarini toğlar orqali birlaştirişi kerak bölgan. Men betaşviş patsifist sifatida şimol va janub örtasidagi xöjalik aloqalarining yaxşilanişi haqida öylab, öjar yapon amaldorlarni yölni moliyalaştirişga arang köndirardim. Prezident Karimov esa kengroq fikr yuritardi, aynan şu loyiha davlat rahbarining uzoqni köra bilişiga yaqqol misol böla oladi. 

Men prezidentni Özbekistonga nisbatan yapon faol siyosati özgarişsiz qolişiga işontirgandim, bu Islom Karimovga juda ma'qul kelgandi. 

Islom Karimov öz mamlakati mustaqilligini juda qadrlar edi va qandaydir xorijiy kuçlarning unga aralaşuvini yoqtirmasdi. Men uning siyosatini doim ma'qullar edim. 

Islom Karimov 25 yildan ortiq vaqt davomida davlat boşqaruvida köp işlarni amalga oşirişga ulgurdi. Eng avvalo, davlat tizimini yölga qöydi, mustaqil iqtisodiyot barpo etdi. Şu bilan bir qatorda mustaqil taşqi siyosatni işlab çiqa oldi. Mana şunday murakkab jarayonda u köp narsalardan voz keçişiga töğri keldi, zero Islom Karimov birinçi navbatda öz mamlakati haqida qayğurardi", - deya ta'kidladi sobiq yapon elçisi. 

Akio Kavata bugungi Özbekistonning körkamlaşganiga ham alohida töxtalib ötdi.

"Özbekistonga şarqiy yönalişdan parvoz qilar ekansiz, balandlikdan Farğona vodiysi dalalarining orastaligiga qarab ajablanasiz. Zavod va fabrikalarga taşrif buyursangiz, özbek menejyerlari öz işini yaxşi tuşunişi bilan ijobiy taassurot qoldiradi. Avgust oyining boşida Yaponiya delegatsiyasi tarkibida Özbekistonga taşrif buyurdim va sönggi yillarda Toşkentning naqadar gözallaşganiga guvoh böldim. Özbeklar öz qöli bilan yangi qadriyatlarni yaratişni yaxşi bilişadi.

Sözim söngida prezident Karimovning vafoti munosabati bilan çuqur hamdardligimni bildiraman. Insonlar odatda unutişga moyil bölişsa-da, işonçim komil: Karimov tomonidan örnatilgan umumiy yönaliş - davlat mustaqilligi va kişilar hayotining farovonligi yölida xizmat qiliş meros bölib qoladi. Ruhingiz tinç bölsin, Islom Abduğaniyeviç", - deya öz sözlariga yakun yasadi Akio Kavata.