1 oktabrdan Özbekiston poytaxti aholisi va taşkilotlar uçun markaziy isitiş hamda issiq suv ta'minoti tarifi oşadi. Bu haqda «Toşissiqquvvati» korxonasi ma'lumoti asosida «Toşkent oqşomi» va «Veçerniy Taşkent»gazetalarida e'lon qilingan .

Tariflar oşişi yoqilği va materiallarning qimmatlaşuvi bilan boğliq hisoblanadi.

Issiq suv va isitiş tizimi
Issiq suv ta'minotining yangi tarifi aholi uçun hisob uskunasi bölgan taqdirda kubometriga 3736,92 sömni (amaldagi tarif — 3459,9 söm, — 8%), hisoblagiç örnatilmagan taqdirda kişi boşiga oyiga 14593,56 sömni (amaldagi tarif — 13511,73 söm) taşkil qiladi. Umumiy duşxonaga ega yotoqxonalarda narx kişi boşiga 10856,2 sömga yetadi (amaldagi narx — 10051,42 söm). Markaziy isitiş tizimi uçun tölov narxi kvadrat metrga 1169,7 sömdan 1263,35 sömga kötariladi.

Sovuq suv
«Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabar qilişiça, 1 oktabrdan Toşkent aholisi uçun suv ta'minoti xizmati yangi tariflar böyiça hisoblanadi.

Markazlaşgan issiq suv ta'minoti tizimiga ega köp qavatli xonadonlar uçun yangi tarif (issiq suv hisoblagiçi mavjud bölmagan holatlarda) 1 kubometr uçun 410 söm (hozir 390 söm), issiq suv ta'minoti markazlaşmagan xonadonlar uçun 295 söm (hozir 280 söm) deb belgilandi.

Xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qöşganda har bir kubometr uçun 295 sömni (hozir 280 söm), kanalizatsiyasiz 180 sömni (hozir 170 söm) taşkil qiladi.

Eslatib ötamiz, issiq va sovuq suv uçun tölov hisoblagiçi bölmagan aholiga issiq va sovuq suv ta'minoti uçun belgilangan tariflarga 1,5 koeffitsiyentini qöllaş orqali amalga oşiriladi.

Bundan oldin oxirgi marta tariflar şu yilning 1 aprelida 9 foizga oşgandi.