Samsung Electronics işlab çiqaruvçisi 28 sentabrdan Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfoni sotuvini qayta yölga qöyişi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Kompaniya xodimining sözlariga köra, boşqa mamlakatlar, şu jumladan AQŞda smartfon sotuvini qayta tiklaş bozorlarning mintaqaviy xususiyatlariga boğliq böladi. 

16 sentabrda AQŞ hukumati bir million Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytariş haqida e'lon qilganligi ma'lum böldi. 

Bundan avval Samsung kompaniyasi taxminan 1 milliard dollarlik jiddiy yöqotişlarni boşdan keçirgani haqida xabar berilgandi. Bu Galaxy Note 7 qurilmasining bozordagi debyuti muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan dalolat beradi. Gap şundaki, yangi qurilma batareyalari xavfli bölib çiqdi - ular öz-özidan portlay boşladi. Buning natijasida kompaniya sotilgan smartfonlarni qaytarib olişga majbur böldi.