Rossiya armiyasi 2-noyabr kuni Zaporijjya oblastining Kamişevaxa şahri böylab ikki bor aviabomba taşladi. Mahalliy rasmiylarga köra, hujum oqibatida 33 kişi halok bölgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maʼlum qilişiça, zarba sobiq maktab binosi böylab berilgan. Kamişevaxa front çiziğidan taxminan 20 kilometr masofada joylaşgan, şu tufayli bolalar uşbu şahardan iyun oyidayoq majburan evakuatsiya qilingandi, binodan esa gumanitar maqsadlarda va boşpana sifatida foydalanib kelingan.
Zelenskiyning aytişiça, har haftaning duşanba kunida uşbu binoda insonparvarlik yordami tarqatilgan. Şu kuni ham birinçi zarba berilgan vaqtda bu yerda şahar aholisi töplangandi. «Keyin takroriy zarba yöllangan: bu safar aviabombalar töğridan töğri bombapanagohga tuşgan», – deya qayd etadi u.
Zaporijjya oblasti harbiy maʼmuriyati rahbari Mixaylo Semikin aniqlik kiritişiça, Rossiya armiyasi jami töqqiz bor zarba bergan: avvaliga FAB-500 bombalari, uning ortidan yanada kuçliroq bölgan va beton istehkomlar hamda bunkerlarni buzişda qöllanadigan FAB-3000 bombalari taşlangan. Uning qayd etişiça, bomba töğridan töğri tuşişi oqibatida içida odamlar bölgan yer osti beton konstruksiyasi vayronaga aylangan.
Qurbonlar orasida qutqaruvçilar va politsiyaçilar ham bor.
Hozirda voqea joyida tozalaş işlari davom etmoqda. Semikinning sözlariga köra, 50 kişi bedarak yöqolganlar röyxatida qolmoqda.
Zelenskiy rossiyalik harbiylar bu binodan gumanitar obyekt sifatida foydalanilganidan xabardor bölganini aytgan va hodisani «terrorçilik zarbasi» deb atagan.
«Agar Rossiya çindan ham deeskalatsiyaga intilganida, unda hozir –Oleşkidagi voqealardan keyin – gumanitar taşabbusni davom ettiriş uçun eng yaxşi vaqt edi. Biz şuni taklif qilgandik. Ammo Rossiya öldirişda davom etmoqda», – degan Ukraina prezidenti.
Zaporijjya oblastida 3, 4 va 5-noyabr motam kunlari deb eʼlon qilindi.
RF mudofaa vazirligi öz hisobotida Vinnitsa, Dnipropetrovsk, Odessa va Xarkiv oblastlari böylab berilgan zarbalarni tilga olgan, ammo Kamişevaxaga berilgan zarba yuzasidan töxtalmagan.
Kamişevaxaga yöllangan zarba oqibatlari aks etgan suratlar:























