Amerikalik dramaturg, Pulittser mukofoti sohibi Edvard Olbi 88 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Dramaturgning ölimi haqida uning şaxsiy yordamçisi xabar bergan. Olbi Nyu-York ştatining şarqida joylaşgan Montok şahridagi şaxsiy uyida vafot etgan. Ölim sabablariga oydinlik kiritilmagan, faqat uning diabet bilan oğrigani ma'lum xolos. Ma'lum qilinişiça, dramaturg bir neça yil muqaddam vafotidan söng e'lon qilinişini vasiyat qilgan murojaatnoma yozib qoldirgan.
«Mening hayotimni nurga, quvonçga va baxtga töldirgan har bir kişidan minnatdorman va öz muhabbatimni izhor etib qolaman», — deb yozgan Olbi.
Ma'lumot uçun: Edvard Olbi — maşhur «Kim Virjiniya Vulfdan qörqadi?» pesasi muallifi hisoblanadi. U uşbu asarni 1962 yilda yozib tugatgan. Amerikalik dramaturg, şuningdek, «Beqaror muvozanat», «Dengiz manzarasi» va «Uç nafar baland böyli ayol» asarlari uçun uç karra Pulittser mukofotini qölga kiritgan.









