Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining 2016 yil yakunlari va 2017 yilga möljallangan ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi M.Ahmedov va boşqalar ijod ahli har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganini alohida ta'kidladi.
2016 yilda Toşkentda yaşab ijod qilayotgan yuzga yaqin taniqli adiblar viloyatlarda ijodiy safarlarda böldi. 
Uluğ ajdodlarimiz Amir Temur, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi, Mustaqillik bayrami, özbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma tört yilligi munosabati bilan mamlakat hududlarida taşkil qilingan adabiy uçraşuvlar, anjumanlar, tarğibot tadbirlarida yozuvçi va şoirlar faol qatnaşdi.
An'anaviy “Iste'dod maktabi” seminarida yoş ijodkorlarning nazm, nasr, badiiy publitsistika, tarjima, dramaturgiya va bolalar adabiyoti yönalişlaridagi ijodiy işlari keng muhokama qilindi.
Yiğilişda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş, viloyatlardagi hududiy bölinmalar faoliyatini yanada kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.