Fransiya jinoiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari joriy yilning may oyida Örta Yer dengiziga qulagan EgyptAir aviakompaniyasi samolyotining qoldiqlarida portlovçi modda – trotil izlarini aniqlaşdi. Bu haqda 16 sentabrda Le Figaro naşri ma'lum qildi. 

Izlar ötgan hafta aniqlangan, ularning kelib çiqişi noma'lum. Misr sudi fransiyalik mutaxassislarga qoldiqlarni batafsilroq örganişga ruxsat bermadi.

Şu bilan birga terakt uyuştirilgani haqida gapirişga hali ertalik qiladi.

16 iyulda samolyotning qora qutisi qulaşidan oldin ekipajning özaro suhbatida yonğin haqida eslab ötilganini qayd qilgani ma'lum bölgandi. 5 iyulda uçuvçilardan biri fojiadan bir neça daqiqa oldin samolyot bortidagi kelib çiqişi noma'lum bölgan alangalanişni öçirişga harakat qilgani ma'lum qilingandi.  

Taxminlardan biriga köra, samolyotning qulaşiga ekipajning yonğin haqidagi yolğon signalga javob berişi olib kelgan bölişi mumkin.

Parijdan Qohiraga uçib ketayotgan Airbus A320 layneri 19 may kuni radarlar ekranidan ğoyib bölgan. Keyinroq samolyot dengizga qulagani ma'lum bölgan. Samolyotda 12 davlat fuqarosi: 56 yölovçi, 3 nafar xavfsizlik xizmati xodimi va ekipajning 7 a'zosi bölgan.