Finlandiya NATO ittifoqçilariga mamlakatda trotil işlab çiqaruvçi zavodni birgalikda quriş taklifini kiritdi. Bu haqda 5 may, yakşanba kuni Finlandiyaning Yle portaliga mamlakat mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen ma’lum qildi. «Hozirdan bir-ikki yil içida işlab çiqariş yölga qöyilişi uçun qarorlar qabul qilinişi kerak», dedi u.
«Biz portlovçi moddalar işlab çiqarişni sezilarli darajada oşirişimiz kerak, şuning uçun bu masalada mahalliy sanoatning rolini jiddiy öylab köriş lozim», — dedi vazir. Uning ta’kidlaşiça, bu masala şimoliy davlatlar bilan yaqin muloqotda muhokama qilinadi va «maqsad bahorda xulosa çiqarişdan iboratdir». Bölajak zavodning aniq joylaşuvi böyiça qaror hali qabul qilinmagan.
«Rossiya uzoq muddatli harbiy harakatlarga tayyor va bu portlovçi moddalarga bölgan ehtiyojni yuqori darajada uşlab turadi», — deya Antti Xyakkyanen sözlarini keltiradi portal. Naşrning ta’kidlaşiça, mart oyida Finlandiya öq-dorilar işlab çiqariş uçun YeI tomonidan 32,5 million yevro miqdorida töliq mablağ olgan, mamlakat Mudofaa vazirligi esa 2023 yil dekabrida mahalliy işlab çiqariş uçun taxminan 24 million yevro ajratgan.
Yevropada trotil tanqisligi
Ukrainada uçinçi yil davom etayotgan uruş Ğarbda trotilga ega portlovçi moddalarga bölgan talabni nazoratdan çiqarib yubordi va Yevropadagi trotil zaxiralari hozir juda kam darajaga yaqinlaşmoqda, deya ta’kidlaydi Yle. Yevropa Ittifoqining yagona zavodi Polşada, ammo işlab çiqariş hajmi yuqori talabni qondiriş uçun yetarli emas. Portal ma’lumotlariga köra, Finlandiyaning Vixtavuori şahridagi Nammo Group tarkibiga kiruvçi mavjud porox zavodi ham ayni paytda öz faoliyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda.
Trinitrotoluol yoki trotil - artilleriya va minomyot snaryadlarida va boşqalarda işlatiladigan an’anaviy portlovçi modda. Uning ommaviy işlab çiqarilişi yangi portlovçi moddalarni işlab çiqişga qaraganda ança arzon, deya aniqlik kiritadi Yle.
Finlandiya 2023 yil aprelida NATOga qöşildi. Mamlakatning Rossiya bilan çegarasi uzunligi - 1272 km.













