Ötgan hafta mobaynida dunyoning barça burçaklarida öziga xos turli voqealar bölib ötdi. Ularning barçasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana şu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

Qoçqinlar va muhojirlar masalasi böyiça BMT sammiti boşlanişi arafasida Oksfam taşkiloti e'tiborni qoçqinlar inqiroziga qaratiş maqsadida Nyu-York sohiliga yuzlab qutqaruv nimçalarini taşladi.

 

Xitoyda mamlakat tarixidagi eng qimmat nikoh ajraşuvi bölib ötdi. Kelişuvga binoan 39 yaşar Yaxuey Beijing Kunlun Tech onlayn-öyini işlab çiqaruvçi kompaniyasining 300 mln aksiyasini xotinining qöliga topşirdi. Ularning bozordagi narxi 1,1 mlrd dollarni taşkil etadi.

 

Seşanba kuni Çilida 1973 yilda bölgan harbiy töntarişga bağişlangan norozilik aksiyasi bölib ötdi.

 

Nazarboyev qarşisida bitta kresloda ötirgan Putin va Atambayev surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab böldi. Suratda ikki siyosatçi bitta kresloga siğişgan holda Qozoğiston prezidentini diqqat bilan tinglaşayotganini köriş mumkin.

 

Bugun soat 9da Toşkent şahrining Çilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yönalişli taksi iştirokida yöl-transport hodisasi röy bergan. Uşbu ikki transport vositasi töqnaşişi oqibatida içida yölovçilar bölgan 29-yönalişdagi marşrutka ağdarilib ketgan.