Zamonamizning eng xavotirli tendensiyalaridan biri aksariyat vaqtimizni ötirib ötkazişimizdadir. Bu zararli odat bir qator köngilsiz oqibatlarga olib keladi. Noraso qomat, tuşkun kayfiyat, soçning tökilişi, qon kamayişi - bu hali hammasi emas... Xullas, harakatsiz kun tartibini qayta körib çiqilmasa, bu yaxşilikka olib kelmasligi aniq. Quyida diqqatingizga havola etiladigan oddiy 5 usul qomatingizni raso, özingizni esa tetik his qilişingizga yordam beradi.
Yelkalarni harakatlantiriş

Köpçilik e'tibor bermaydigan oddiy jismoniy maşq. Uni stuldan turmasdan bajariş mumkin, natijasi esa sizni quvontiradi. Yelkalaringizni oldinga va orqaga aylanma harakatlantiriş kuraklar örtasidagi muskullarni mustahkamlaşga va böyinga dam berişga yordam beradi. Aynan şu ikki soha qomatingizni tik tutişga halaqit beruvçi yoqimsiz hislar uçun köproq javobgar.
Ertalabki badantarbiya

Ertalabki yengil badantarbiya yelkalar, böyin va qomatni tik tutişda muhim bölgan boşqa muskullarni mustahkamlay oladi. Ertalabdan qizdirilgan muskullar oldindagi köp soatli ötirişlarni yengil ötkazişga yordam beradi. Ertalabki gimnastika uçun eng yaxşi maşq - an'anaviy xitoy tsiguni, unda harakatlar samarali nafas oliş bilan uyğunlaşgan. Qomat muskullarini qizdiriş uçun tortişiş maşqlari ayni muddao.
Boşni töğri tutiş

Umurtqa poğonasidagi egrilikka köpinça «text neck» sindromi (boşning oldinga engaşişi) sabab böladi. Bunday sindrom kompyuter qarşisida işlaganda, smartfonlardan foydalanganda va uzoq vaqt mutolaa qiliş natijasida orttiriladi. Bularning barçasi umurtqa poğonasining qiyşayişiga olib keladi. Davolaş çorasi sifatida böyin uçun maşqlar bajariş tavsiya qilinadi - boşni har tomonga navbatma-navbat qaratiş, aylantiriş va umurtqa poğonasining böyin sohasidagi harakatlar xilma-xil bölişi maqsadga muvofiq.
Devorga yopişib tik turiş

Umurtqa poğonasini yaxşilaş uçun murakkab maşqlarni bajariş şart emas - devorga orqa ögirib tik turib, maksimal darajada böşaşiş va şunday holatda bir muddat qolişning özi yetarli. Bu kabi maşqlar tanadagi muqobillikni his qiliş va muammolarni aniqlaş imkonini beradi. Keyingi qadam - devorga yopişgan holatda ötirib turiş maşqlarini bajariş.








