AQŞning Los-Anjyeles (Kaliforniya ştati) şahrida 68-«Emmi» nufuzli televizion mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Marosim ABC telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.
Taqdimotda Jyeffri Tembor «Ravşanlik» (Transparent) va siyosiy janrdagi «Vitse-prezident» (Veep) seriallaridagi rollari uçun eng yaxşi komedik aktyor sifatida mukofotlangan.

«Emmi» talqini böyiça eng yaxşi komedik aktrisa sifatida esa Juliya Lui-Dreyfus taqdirlandi ("Veep" serialidagi ijrosi uçun). Bu uning sakkizinçi «Emmi» mukofoti böldi. U öz mukofotini bir neça kun olamdan ötgan otasiga bağişladi.









