"Emmi" mukofoti sovrindori Jill Solouey AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzodi qöyilgan Donald Trampni Adolf Gitlerga qiyoslab, uni "eng xavfli mahluqlardan biri", deb atadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
"Trampni Gitlerning merosxöri deb ataş kerak bölsa, mana men şunday qilaman", - dedi Solouey "Hammasi ayon" komedik seriali uçun "eng yaxşi rejissyor" mukofotini qölga kiritganidan söng.
U avval Trampni Gitler kabi insonlarni, şu jumladan nogironlar, musulmonlar, Lotin Amerikadan kelib çiqqan amerikaliklar va "gözallik tanlovi iştirokçilaridek körinişga ega bölmagan" ayollarni ajratişini aytgandi.

















