Penske jamoasi a'zosi, fransiyalik poygaçi Simon Pajno AQŞda ötadigan "Indikar" poygalar seriyasining 2016 yilgi ğolibi böldi. Pajno 18 sentabrda Sonomeda ötgan poyganing yakuniy – 16-bosqiçida marraga birinçi bölib keldi.
Marraga ikkinçi bölib amerikalik poygaçi Greyam Raxal, uçinçi bölib kolumbiyalik Xuan Pablo Montoyya yetib keldi.
Umumiy hisobda 32 yoşli fransuz 659 oçko töplab, faoliyatida birinçi bor "Indikar" çempioni böldi. 2-örinni uning jamoadoşi – avstraliyalik Uill Pauer (532), 3-örinni Penske’ning yana bir vakili – braziliyalik Elio Kastroneves (504) qölga kiritdi.








