Xitoyda Samsung smartfonlari portlab ketişi bilan boğliq ilk holat qayd etildi. Bu haqda mahalliy naşrlarga asoslangan holda Bloomberg xabar tarqatgan.
19 sentabr kuni Janubiy Koreya kompaniyasi mahsuloti bölgan ikkita Galaxy Note 7 smartfoni portlaşi qayd etilgan.
Samsung kompaniyasidagilarning bildirişiça, bu smartfonlarga ATL kompaniyasi tomonidan tayyorlangan batareyalar örnatilgandi. Boşqa mamlakatlarga sotilgan va muammolar kuzatilgan smartfonlarda esa Samsung SDI kompaniyasi tayyorlagan mahsulotlar örnatilgan.
Samsung SDI kompaniyasi Galaxy Note 7 uçun batareyalarning 70 foizini yetkazib bergan.
Sentyabr oyi boşida Samsung Galaxy Note 7 sotuvi boşlangan vaqtdan buyon AQŞda smartfonning yonib ketişi bilan boğliq önlab holatlar qayd etilgani ma'lum bölgaç, kompaniya öz mahsulotidan foydalaniş xavfli ekanini tan oldi.
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 yonib ketişining dastlabki sababini ma'lum qilgan. Bunga işlab çiqarişdagi xatoliklar sabab bölgan. Nuqson batareyalar tarkibidagi plastinaga bosim körsatilişi natijasida kelib çiqqan. Samsunğdagilar batareya şikastlanişining «aniq sababi»ni topiş uçun yanada puxtaroq tahlil ötkaziş zarurligini ta'kidladi.
Hozirda Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini almaştirişni yölga qöygan. Barça mahsulotlar yangisiga almaştirib berilmoqda.
Bu muammolar kompaniyaga katta zarar keltirmoqda. 12 sentabr, duşanba kuni Seuldagi Koreya birjasida savdolar yakunlanadigan payt ularning narxi donasi uçun avvalgidek 1,639 million von (1487 dollar) emas, 1,465 million vonni taşkil etdi.
Ekspertlar taxminiga köra, uzoq muddatli istiqbolda Galaxy Note 7 bilan boğliq muammolar Samsung mavqeyiga 211 milliard dollar atrofida zarar keltirişi mumkin.












