Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentabr kuni vafot etgan Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi. Şe'r matni UZ24 naşrida ham e'lon qilingan.

Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Göyo ğam seliga botdim, yöqoldim.
Kimdir yölboşçidan ayrildik dedi,
Men-çi, aziz döstdan ayrilib qoldim.

Kimning xayoliga kelmişdir axir,
Birdan qulab tuşsa buyuk bir çinor.
Alam böğzimizda aççiq va taxir,
Bu ğamning na çeki na çegarasi bor.

Ketdi nogahonda aytmay biror söz,
Hijron oloviga barçani taşlab.
Özbek osmonida söndi çöng yulduz,
Katta-yu kiçikning közini yoşlab.

Biz — noqis bandalar, öylamay goho,
Boşimiz silagan qölni tişladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Öz emas, özgalar uçun işladik.

Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Şu yurt daholarin bilib va körib,
Begona zotlarga yasadik haykal.

Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq şart edi.
Asriy vayronaning örnida dadil,
Yangiça mamlakat tuzmoq şart edi.

Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar taşlab ötdi bu Inson.
Millat qadri deya yaşab aslida,
Xalqining dardiga böloldi darmon.

Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin ğurur yaşar havas qilgulik.
Abadiyat ösdi köz oldimizda,
Şundoq yonimizdan ötdi Mangulik.