AQŞ prezidenti Barak Obamaning bayonot berişiça, Qöşma Ştatlar kelasi yilda butun dunyodan 110 mingdan ortiq qoçqinni qabul qiladi, bu ötgan yilgi raqamdan 60 foizga köpdir, deb yozmoqda Time.

Bundan taşqari, BMT Boş Assambleyasining Nyu Yorkda bölib ötayotgan 71-sessiyasida çiqiş qilgan Obamaning qöşimça qilişiça, qoçqinlar masalasi jahon hamjamiyati uçun «insoniylik sinovi»dir. 

AQŞ rahbari şuningdek, boşqa mamlakatlar rahbarlarini muhojirlik inqirozi bilan yanada samaraliroq kuraşişga çaqirib, «Suriya va Şimoliy Afrikadagi mojarolar sabab öz uylarini tark etganlarning holini tuşuniş»ga undadi.

Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi amerikalik moliyaçi Jorj Soros qoçqinlar ehtiyojlari uçun 500 mln dollar ajratişini yozgan edi.