15 sentabrda AQŞning Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) Apple kompaniyasining  qoğoz paket işlab çiqariş uçun patent buyurtmasini röyxatdan ötkazdi. Yangilik tezda tarqalib, Amerika innovatsion korporatsiyasi mavzusidagi hazil muşohadalarga sabab böldi, lekin Apple’ning himoyaçilari ham topildi. 

USPTO ma'lumotlariga köra, patentga 2016 yilning 7 martida buyurtma berilgan. Hujjat matnida Apple Store’ning butun dunyoga  maşhur qoğoz paketi batafsil tasvirlanadi. 

Buyurtma haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin OAV Apple’ning navbatdagi “innovatsiyasi” borasida hazil-mutoyiba qila boşlaşdi. Masalan, Gizmodo portali “Apple paket namoyiş qiladi” sarlavhali maqola çop etgan. 

“Qoğoz paket bu qadar murakkab bölişi mumkinligi xayolimga ham kelmagandi. Axir men oddiy batrak bölsam, Kremniy vodiysi vizionerlarining xislatlariga ega bölmasam.

Men şunçaki Paketga egalik qilişdek huzur-xalovatga közimni oçgan Apple’ga minnatdorçilik bildirişim mumkin, xolos”.

Sofi Kliman, Gizmodo maharriri


Patentning özidan köra, uning ”tili” köproq kulgiga sabab böldi. Gizmodo muharriri Sofi Klimanning sözlariga köra, “Amerikaça gözallik” filmi davridan beri paketlar bu qadar şe'riy tuyulmagan. 

“Paketlar buyumlarni taşiş uçun qöllaniladi. Masalan, dökonlardagi paketlar köpinça öşa yerdan xarid qilingan narsalarni taşiş uçun xizmat qiladi”.

“Paket konteyner va uşlagiçdan iborat bölişi mumkin”.

Apple patenti matnidan


The Verge muharriri Rassel Brendon esa, aksinça, Apple tarafdori böldi – u kompaniyaning paketi haqiqatdan ham mualliflik huquqi bilan himoya qilinişi kerakligini ta'kidladi. 

Brendomning sözlariga köra, patent haddan ziyod batafsil tasvirlanganligi bilan jurnalistlarning diqqatini tortgan. Kompaniya paketning mohiyatiga alohida töxtalgan va 35-bobga kelibgina, asosiy maqsadga ötadi. 

Jurnalistning ta'kidlaşiça, Apple öz paketlarida taxminan 60 foiz ikkilamçi qayta işlanuvçi mahsulotlarni qöllaydi, bu esa ularni zaiflaştiradi. Aynan ana şunday tuzilma zaifligini bartaraf qiliş uçun kompaniya turli xil muhandislik nayranglarini öylab topişiga töğri keladi – masalan, uning içidagi qöşimça karton bölaklari.