Germaniya çempionatining 4-turidan örin olgan 5ta bahs poyoniga yetdi. Amaldagi çempion "Bavariya" bu turda öz maydonida "Gerta"ga qarşi öynadi. Bu öyinga qadar har ikkala jamoa hisobida 3-turdan keyin 9tadan oçko mavjud edi. Myunxenda keçgan öyinda "Bavariya" raqibidan ustunligini namoyiş qildi hamda 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Karlo Ançelotti şogirdlari 4-turdan keyin yuz foizlik körsatkiç bilan peşqadamlikni mustahkamladi. 

Mavsumni juda yomon boşlagan "Verder" esa uyda "Maynts"ga qarşi bahs yuritdi. Uşbu öyinda ham "Verder" 2:1 hisobida mağlub böldi. Bremenliklar qatorigasiga törtinçi turda ham mağlubiyat alamini tortib kördi va turnir jadvalining oxirgi örinini band etgan. 
Turning qolgan öyinlari bilan tanişing:

Germaniya - Bundesliga. 4-y tur

"Bavariya" (Myunxen) – "Gerta" (Berlin) – 3:0
Gollar: Riberi, 16 (1:0); Alkantara, 68 (2:0); Robben, 72 (3:0).
Ogohlantirişlar: Vidal, 80

"Bayyer" (Leverkuzen) –  "Augsburg" (Augsburg) – 0:0
Amalga oşirilmagan penalti: Arangis, 72
Ogohlantirişlar: Verxag, 46; Gauveleu, 71.

"Şalke-04" (Gelzenkirxen) – "Kyoln" (Kyoln) – 1:3
Gollar: Xuntelar, 36 (1:0); Osako, 38 (1:1); Modest, 77 (1:2); Tsoller, 83 (1:3).
Ogohlantirişlar: Gays, 68; Bentaleb, 84 – Yoyiç, 33.

"RB Leyptsig" (Leyptsig) – "Borussiya M" (Myonxengladbax) – 1:1
Gollar: Verner, 6 (1:0); Jonson, 84 (1:1).
Ogohlantirişlar: Gulaçi, 73 – Vestergor, 45; Ştindl, 89.

"Verder" (Bremen) – "Maynts" (Maynts) – 1:2
Gollar: Xayroviç, 12 (1:0); Malli, 87 (1:1); de Blasis, 90+2 (1:2).