Bentley kompaniyasi Bentayga modelining dizelli namunasini namoyiş qildi. Britaniyaliklarning ta'kidlariça, yangi model şunday dvigatelga ega eng tezkor yöltanlamasga aylangan. 

Dizelli Bentley Bentayga 4 litrli, uç karra kuçaytiriluvçi V8 motoriga ega. Bu kuç agregati ilk bor «kuçaytirilgan» Audi SQ7 yöltanlamasiga joylangan edi.

Kompaniyada qayd etişlariça, dvigatel odatdagi Bentayga maşinasiga örnatiluvçi  608 ot kuçiga ega W12 benzinli motoridan atigi 3 kg oğirroq bölgan.

Dizelli dvigatel ikkita turbina va quyi aylaniş diapazonida kuçsizlikning örnini töldirişi kerak bölgan elektrli kuçaytirgiçga ega. 

Kompressor 7 kVt/soatlik, 48 voltlik tizimdan quvvatlanuvçi elektr motor bilan işga tuşiriladi. 

Audi SQ7 kabi uning motori ham daqiqasiga 900marta aylanganida 435 ot kuçiga ega böladi. 

Yangi Bentayga ilk «yuzlik»ka 4,8 soniyada çiqa oladi. Bu Audi SQ7 körsatkiçidan 0,1 soniyaga tezroqdir. Uning eng yuqori tezligi soatiga 270 kmni taşkil etadi. Audi SQ7 modeliga soatiga 250 kmdan söng, tezlik çeklovçi örnatilgan. Taqqoslaş uçun, benzinli Bentley Bentayga joyidan 100 km tezlikka çiqquniça 4,1 soniyani sarflaydi. Uning yuqori tezligi soatiga 301 kmga teng. 

Dizelli Bentley Bentayga Yevropada 2017 yil yanvarda sotila boşlanadi. Keyinroq, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Rossiya bozorlarida paydo böladi.